Ilon Mask Tramp uchun 75 mln dollar o‘tkazdi
Mablag‘ uning saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Amerikalik milliarder, Tesla va SpaceX AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlovchi America PAC siyosiy tashkiloti hisobiga 75 million dollar o‘tkazdi. Bu haqida AQSH Federal saylov komissiyasi hisobotida maʼlum qilindi.
Bu mablag‘ning katta qismi (72 million dollar) 2024 yil iyul-sentyabr oylari orasida o‘tkazilgan, Mask bu uch oy davomida America PAC‘ning yagona donori bo‘lgan.
The Washington Post gazetasi tashkilotni “milliarder Ilon Mask tomonidan Donald Tramp saylovoldi tashviqotini olib borishi uchun tuzilgan siyosiy harakatlar qo‘mitasi” deb atadi.







