Jahon

Agar Rossiyaga qaytsam, prezidentlikka nomzod sifatida qatnashaman — Yuliya Navalnaya

Uning so‘zlariga ko‘ra, Aleksey Navalniyning Rossiya koloniyasida vafot etishidan bir kun oldin unga erining yaqinda ozod etilishi aytilgan.

Agar Rossiyaga qaytsam, prezidentlikka nomzod sifatida qatnashaman — Yuliya Navalnaya

22 oktyabr kuni Aleksey Navalniyning “Patriot” kitobi bir vaqtning o‘zida 26 tilda, jumladan, rus tilida ham nashr etiladi. Bu siyosatchining avtobiografiyasi va uning 2021 yil yanvar oyida Sheremetevo aeroportida hibsga olinganidan keyin qamoqxonada yozgan kundaliklarining jamlanmasidir. Navalniy bu kundaliklarni 2024 yil 16 fevralda Xarp qishlog‘idagi koloniyada vafot etguniga qadar yozgan. Kitob chiqishi arafasida uning rafiqasi Yuliya Navalnaya BBC‘ga intervyu berdi.

 

Navalnaya turmush o‘rtog‘ini yo‘qotish qayg‘usini yengishda unga nima yordam berayotganini, kelajagini qanday ko‘rishini aytdi va vataniga qaytgach, Rossiya prezidentligiga nomzodini qo‘yish rejasini maʼlum qildi.

 

"Men Putinning Rossiya “podshohligi”dan rus qamoqxonasining oddiy mahbusiga aylanishini istayman", — dedi Yuliya Navalnaya intervyuda.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Aleksey Navalniyning Rossiya koloniyasida vafot etishidan bir kun oldin unga erining yaqinda ozod etilishi aytilgan: "Men Putin bilan muzokaralar olib borilganida, u doimo yolg‘on gapirayotganini bilaman. Biz almashinuvga juda yaqin ekanligimizni ham, lekin hammasi bir kunda o‘zgarishi mumkinligini ham bilardim".

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Agar Rossiyaga qaytsam, prezidentlikka nomzod sifatida qatnashaman — Yuliya Navalnaya | Zamon.uz