Braziliya prezidenti vannada yiqilib tushdi
Shu sabab u BRIKS sammitiga borolmaydi.

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 22-24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etish uchun Rossiyaga parvozini bekor qildi. Bu haqida Reuters xabar berdi.
Braziliyadagi Cirio Libanes kasalxonasi tomonidan eʼlon qilingan tibbiy hisobotga ko‘ra, siyosatchiga "uzoq masofalarga havo qatnovidan qochish tavsiya etilgan".
Tibbiy xulosada aytilishicha, prezident boshining "oksipital qismi" jarohat olgan. Idora maʼlumotlariga ko‘ra, u uyida tasodifan jarohatlangan.
Braziliya rahbari 20 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da (Moskva vaqti bilan 23:00) Rossiya Federatsiyasiga uchishi kerak edi. Endi u video-konferensiya orqali forumda ishtirok etadi.







