SAXALning G‘azo shimolidagi Bayt-Laxiyaga zarbasi oqibatida 87 kishi halok bo‘ldi
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, zarba natijasida kamida 40 kishi yaralangan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, ko‘plab jabrlanuvchilar hamon xarobalar ostida va tez yordam brigadalari yetib bora olmaydigan joylarda.
Bu zarba Isroil qo‘shini Bayt-Laxiyadagi Indoneziya shifoxonasini o‘qqa tutgani haqidagi xabardan bir necha soat o‘tib yo‘llangan. Isroil mudofaa armiyasi BBC muxbiriga “HAMAS obyekti”ga zarba bergani va “tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun barcha choralar ko‘rilgani”ni bildirgan.
Isroil G‘azo shimoliga yangi harbiy yurishini oktyabr oyi boshida boshlagan, HAMAS mazkur hududda qayta guruhlanishiga yo‘l qo‘ymaslik mazkur amaliyot vazifasi sifatida belgilangan.
SAXAL yirik qochqinlar joylashgan Jabaliya shahrini qurshab olib, o‘qqa tutmoqda — juma kuni bu hudud o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘lgan edi.







