O'zbekiston

23-oktyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

23-oktyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

23-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja  iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Surxondaryo viloyatida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, baʼzi tumanlarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.  

custom img

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula emas, Siam somi boqilgani aniqlandi

Holat Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

custom img

Sergeli va Yangihayotdagi badbo‘y hid muammosi bartaraf etildi

Salor oqova suv tozalash inshootiga 9,5 milliard so‘mlik zamonaviy filtr uskunasi o‘rnatildi.

custom img

“Davolash ishi” o‘rniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” dasturi joriy etiladi

Besh yillik ta’limdan so‘ng talabalar bir yil to‘liq amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Mashg‘ulotlar internet jurnalistikasi, bosma matbuot, televideniye, radio, huquqiy, sport va fotojurnalistika yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi

Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markazi 6-sentyabr kuni ochiladi. Markaz o‘z faoliyatini “Hikmah” xalqaro ko‘rgazmasi bilan boshlaydi.

custom img

Uch hududda narkosavdogarlardan 12,7 kg giyohvandlik vositalari olindi

Ushlanganlardan biri sintetik giyohvandlik vositasini qo‘shni davlatdan “Cobalt” avtomobilining yoqilg‘i bakiga yashirib olib o‘tishga uringan.

custom img

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaati yuzasidan munosabat bildirdi

U bolalar va ularning oilalari uchun erta aralashuv, reabilitatsiya, abilitatsiya, kunduzgi parvarish va uyda yordam ko‘rsatish xizmatlari bepul ekanini taʼkidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev yosh parlament a’zolariga murojaat yo‘lladi

Prezident Samarqandda o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament a’zolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilarini qutladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"