Jahon

Britaniya Ukrainaga 3 milliard dollar ajratadi

Britaniya hukumati Ukrainaga qurol sotib olish va ishlab chiqarish uchun 2,26 milliard funt sterling (2,94 milliard dollar) ajratayotganini eʼlon qildi.

Britaniya Ukrainaga 3 milliard dollar ajratadi

Britaniya hukumati matbuot xizmatining xabar berishicha, bu Buyuk Britaniyaning G7 davlatlari tomonidan Ukrainaga kredit berish uchun ajratilgan 50 milliard dollar miqdoridagi hissasi bo‘lib, u muzlatilgan Rossiya aktivlari keltirgan foyda hisobidan qoplanadi.

 

Matbuot xizmatining tushuntirishicha, Ukraina Buyuk Britaniyadan olingan 2,26 milliard funt sterlingni havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya va boshqa turdagi texnika, qurollarni sotib olish va rivojlantirishga yo‘naltirishi mumkin.

 

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Jon Xili jurnalistlarga pulning bir qismi uzoq masofali hujumchi dronlarni yaratish va ishlab chiqarishga sarflanishi mumkinligini aytdi.

 

Jurnalistlarning bu mablag‘ hisobidan Ukrainaga Rossiya hududiga chuqur zarba berish uchun Britaniyaning Storm Shadow qanotli raketalarini sotib olishga ruxsat beriladimi degan savoliga Xili: "Ular yana-da uzoq masofaga uchuvchi dronlar ustida jiddiy ishlashmoqda. Ular bu pulni qanday sarflashni va qaysi qurollarga ko‘proq muhtojligini biz bilan birga hal qiladi", deb javob bergan.

 

Buyuk Britaniya hukumati matbuot xizmatining qayd etishicha, 2,26 milliard funt sterling miqdoridagi kredit Britaniya Ukrainaga harbiy yordam uchun har yili ajratishga vaʼda bergan uch milliardga qo‘shimchadir.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Britaniya Ukrainaga 3 milliard dollar ajratadi | Zamon.uz