Navalniyning kitobi 26 tilda nashr etildi
U “Patriot” deb nomlangan.

Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy o‘limidan bir necha yil avval hayoti haqida kitob yozishni boshlagan. “Patriot” deb nomlangan bu kitob muxolifatchining o‘zi haqidagi hikoyasidir. Bugun kitob 26 tilda sotuvga chiqdi.
Bir qator jahon ommaviy axborot vositalari oktyabr oyi o‘rtalarida o‘z sahifalarida kitobdan parchalarni chop etishgandi.







