Jahon

Rossiyada migrant bolalarni nogironlarga tenglashtirish taklif qilindi

Bu ularni kichikroq sinflarda tilni chuqurroq o‘rganish bilan o‘qitish imkonini berishi ta’kidlandi.

Rossiyada migrant bolalarni nogironlarga tenglashtirish taklif qilindi

 

Sverdlovsk viloyatidagi bola huquqlari bo‘yicha vakil Igor Morokov migrant oilalardan kelgan o‘quvchilarni nogiron bolalar toifasiga tenglashtirish kerakligini aytdi.

 

Shu tariqa Morokov Rossiya maktablarida tahsil olayotgan, ammo rus tilini bilmaydigan o‘quvchilarning mavjudligi bilan bog‘liq muammoga “yechim” taklif qildi. Ombudsman bu o‘quvchilar soni kam bo‘lgan sinflarni tashkil etish va o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lash imkonini berishini aytdi.

 

"Bugungi kunda bizda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar toifasi mavjud. Bular imkoniyati cheklangan bolalar, nogiron bolalar hisoblanadi. Menimcha, bu bolalarni ya'ni migrant bolalarini ham shu toifaga kiritish lozim", - dedi u.

 

Bu migrantlarning farzandlarini alohida, kichikroq sinflarda tilni chuqurroq o‘rganish bilan o‘qitish imkonini berishi ta’kidlandi. Morokov Yekaterinburgda “bu toifadagi o‘quvchilar soni ancha ko‘p bo‘lgan” ikkita maktab borligini aytib, 149-sonli maktabni misol qilib keltirdi. U o‘quvchilarning 90 foizi “migrant bolalar” ekanini ta’kidladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada migrant bolalarni nogironlarga tenglashtirish taklif qilindi | Zamon.uz