AQSH Ukrainaga 20 milliard dollarlik yordam yuborishni rejalashtirmoqda
Bu qaror "99% qabul qilingan".

Qo‘shma Shtatlar Moliya vaziri Janet Yellenning so‘zlariga ko‘ra, Vashington G7 davlatlari tomonidan Ukrainaga berilishi rejalashtirilgan 50 milliard dollarlik moliyaviy yordam paketiga 20 milliard dollar (taxminan 18,5 milliard yevro) hissa qo‘shishi kutilmoqda. Bu haqbda DPA agentligi xabar bermoqda.
Bu Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromaddan Ukrainaga 50 milliard dollar kredit ajratish bo‘yicha “Katta yettilik” mamlakatlari tomonidan iyun oyida erishilgan kelishuvga ishora qiladi.
Avvalroq Yevroparlament Yevropa Komissiyasining Ukraina bilan kredit hamkorlik mexanizmini yaratish bo‘yicha taklifini maʼqullagan edi. Bu esa Kiyevga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan daromaddan foydalangan holda G7 davlatlaridan ajratiluvchi 45 milliard yevro miqdoridagi kreditga xizmat ko‘rsatish va to‘lash imkonini beradi.







