Tramp qamalishi kerak — Bayden
AQSh prezidenti Trampni “siyosiy jihatdan yakkalash” kerakligini aytdi.

AQSh prezidenti Jo Bayden respublikachi Donald Tramp demokratiyaga tahdid ekanligini va “siyosiy jihatdan yakkalanishi” kerakligini aytdi. Bu haqida u Nyu-Xempshirdagi saylovoldi shtabida gapirib o'tgan.
“Agar Tramp Kamala Xarrisni magʻlub etsa, demokratiyamiz xavf ostida qoladi. Biz uni qamab, siyosiy jihatdan ajratib qo'yishimiz kerak”, - degan Bayden.
Amerika prezidentining soʻzlariga koʻra, respublikachi nomzod Tramp AQSh Konstitutsiyasi kafolatlarini eʼtiborsiz qoldirmoqchi.







