Yevroittifoq o‘z razvedka agentligini tuzmoqchi
U tegishli maʼlumotlarni to‘plashga xizmat qiladi.

Yevropa Ittifoqi tashqi tahdidlarga qarshi turish va josuslikka o‘z chegaralarida javob berish uchun to‘laqonli razvedka agentligini yaratishi kerak. Bu haqida Finlyandiyaning sobiq prezidenti Sauli Niinistyoning hisobotida so‘z boradi.
Ushbu hujjatni tayyorlashni avvalroq Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen vazifa qilib topshirgan.
Hisobotda qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqining o‘z razvedkasi yo‘qligi sababli rasmiylar aʼzo davlatlardan olingan ochiq manbalar va maʼlumotlarni tahlil qiladi, bu esa ehtimoliy tahdidlarni aniqlash va ularga javob berish imkoniyatini cheklaydi.
“Yangi organning maqsadi milliy agentliklar ishini takrorlamasdan tegishli maʼlumotlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi”, deydi manbalar.







