Isroil: Hizbulloh harakati ancha zaiflashdi
Avvalroq Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrulloh o‘ldirilgandi.

"Biz Hizbullohning qo‘mondonlik tuzilmasini butunlay yo‘q qildik, endi harbiy harakatlarni to‘xtatish mumkin", dedi Isroil armiyasi shtab boshlig‘i Gersi Halevi.
SAXAL qo‘mondonligi Livanda quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan deyarli bir oy o‘tib shunday xulosaga keldi.
Isroilning Livandagi amaliyotlari davomida Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrulloh, uning vorisi Hoshim al-Din va boshqa bir qancha yuqori martabali guruh aʼzolari yo‘q qilindi.







