Rossiyada 5000 rubllik yangi pullar muomalaga chiqdi
Banknotda Yekaterinburg shahri va Ural federal okrugining diqqatga sazovor joylari tasvirlangan.

Oltoy va Perm o‘lkalarida nominal qiymati besh ming rubl bo‘lgan yangilangan banknotalar paydo bo‘ldi.
Birinchi hududda yangi banknotalar muomalaga kiritildi. Perm viloyatida ular kredit tashkilotlari orqali muomalaga chiqariladi. Rossiya Bankining mahalliy filiali aniqlik kiritganidek, ular noyabr-dekabr oylaridan boshlab mintaqada foydanila boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, bir yil oldin Rossiya banki 1000 va 5000 rubl nominaldagi banknotlarning yangilangan dizaynini taqdim etgandi. Ulardagi rang dizayni bir xil bo‘lib qolmoqda, ammo banknotlarda joylashtirilgan attraksionlar o‘zgargan.
Shunday qilib, ming rubllik banknot endi Nijniy Novgorod va Volga federal okrugiga, besh ming rubl - Yekaterinburg va Ural federal okrugiga bag‘ishlangan.







