Eronda terakt uyushtirildi
Qurbon bo‘lganlar bor.

Eronning Sistan va Baluchiston viloyatida terakt sodir bo‘lib, 10 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘ldi.
Eron politsiyasiga ko‘ra, hujum Taftan viloyatidagi Govhar Kuh tumanida sodir etilgan.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Eskandar Momeni voqeani tergov qilish va uning ko‘lamini baholash uchun maxsus guruh tuzishni buyurdi, deb xabar berdi respublika hukumati.







