Gongkongda dinozavr qoldiqlari topildi
Hozirda uni o‘rganish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Topilgan qoldiqlar taxminan 145-66 million yil oldin yashagan bo‘r davri katta dinozavriga tegishli.
Qoldiqlar YUNESKO global geoparki Port orolida topilgan. Mutaxassislar dinozavrning jasadi qum va shag‘al qatlami ostida ko‘milgan, keyin kuchli suv toshqini natijasida yuzaga ko‘tarilgan va cho‘kindi qatlami ostida yana ko‘milgan deb taxmin qilgan.
Shu paytgacha Gonkongda topilgan dinozavrlar yashagan davrga oid yagona topilmalar baliq qoldiqlari bo‘lgan.







