NASA Ilon Mask va Putinning aloqalarini tekshirmoqchi
Ularning aloqalari Amerika rasmiylarini xavotirlantirmoqda.

Avvalroq Wall Street Journal amerikalik milliarder Ilon Mask va RF rahbari Putin urush boshlanganidan keyin turli mavzularda muntazam muloqot qilib turgani haqida maqola yozgan edi.
Juma kuni NASA boshqaruvchisi Bill Nelson Mask va Putin o‘rtasidagi ehtimoliy muntazam aloqalardan xavotir bildirdi.
"Agar Ilon Mask va Rossiya prezidenti o‘rtasidagi aloqa rost bo‘lsa, bu ayniqsa NASA va Mudofaa vazirligi uchun xavotirli xabardir", — dedi Bill Nelson.
Mask va Putin o‘rtasidagi ehtimoliy aloqalar Amerika rasmiylarini asabiylashtirmoqda, chunki milliarder maxfiy maʼlumotlardan xabardor va AQSH kosmik sanoati bilan bevosita bog‘liq shaxs.







