“Ukraina Shimoliy Koreyaga qarshi kurashishga majbur bo‘ladi”
Zelenskiy KXDR va Rossiya harakatlariga munosabat bildirdi.

“Moskva tajovuzni davom ettirishga qaror qildi. U boshqa hech narsa xohlamaydi, shuning uchun ham ular mudofaa ishlab chiqarishini ko‘paytirishga harakat qilmoqdalar.
Va aynan shu sababli ular Shimoliy Koreyani sherik sifatida qabul qilmoqdalar. Shu kunlarda ularning askarlari Ukrainaga qarshi jang maydonida qatnashishi mumkin. Ukraina esa Yevropada Shimoliy Koreyaga qarshi jang qilishga majbur bo‘ladi.
Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlarning yana-da kuchliroq qarorlar qabul qilmagani Putinni terrorga yana-da ko‘proq sarmoya kiritishga undamoqda”, — dedi u kechki murojaatida.







