Boliviyaning sobiq prezidenti o‘ziga nisbatan suiqasd uyushtirilganini daʼvo qilmoqda
Evo Morales o‘zining avtomobiliga o‘q uzilgani aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, siyosatchining haydovchisi yaralangan. Rasmiylar suiqasd haqidagi maʼlumotni tasdiqlamadi.
So‘nggi 2 haftadan beri Boliviyada Morales tarafdorlari norozilik namoyishi o‘tkazmoqda. Ular mamlakat markazidagi avtomobil yo‘llarini to‘sib qo‘ygan, xavfsizlik kuchlari esa ularni tarqatib yuborishga harakat qilyapti. Hukumat tarafdorlarining noroziliklari tufayli Moralesni vaziyatni “beqarorlashtirishda” ayblamoqda.
Boliviyada mamlakatning amaldagi prezidenti va sobiq prezident Morales o‘rtasida ziddiyat fonida ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolar yuzaga kelgan.







