Dohada G‘azo sektorida sulh bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda
Bu haqida CNN xabar berdi.

"Qatar poytaxtida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va Isroilga hujum chog‘ida Hamas jangarilari tomonidan asirga olingan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar boshlandi", — deb xabar berdi CNN diplomatik manbasiga tayanib.
Avvalroq telekanal yakshanba kuni AQSH, Isroil va Qatar muzokarachilari kelishuvga erishish borasidagi saʼy-harakatlarni muhokama qilish uchun Dohada uchrashishi haqida xabar bergan edi.
Bu so‘nggi ikki oydan ortiq vaqt ichida sulhga erishish uchun oliy darajadagi muzokaralarning birinchi bosqichidir.
"Bundan tashqari, yakshanba kuni ertalab Misr ikki kunlik sulh taklif qildi. Unda G‘azoda garovda tutib turilgan to‘rtta isroillik Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan bir necha falastinlik mahbuslar evaziga ozod qilinishi ko‘zda tutilgan", — deya xabar beradi CNN.







