KXDR Rossiyaga milliardlab dollarlik qurol yetkazib berdi
Pxenyan asosan artilleriya snaryadlarini yetkazib bergan.

Germaniyaning Fridrix Nauman jamg‘armasi 28 oktyabr kuni eʼlon qilgan tadqiqoti natijalariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri KXDR Moskvaga 1,7 milliard dollardan 5,5 milliard dollargacha bo‘lgan qurol-yarog‘larni o‘tkazgan.
Janubiy Koreya razvedka xizmatlarining maʼlum qilishicha, Pxenyan Rossiyani asosan artilleriya snaryadlari va qisqa masofali raketalar bilan taʼminlaydi.
“Agar Shimoliy Koreya qo‘shinlari Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etsa, KXDR Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy hamkorlikdan olgan daromadi yana yuzlab million dollarga oshishi mumkin”, deyiladi xabarda.







