Isroil o‘z hududida BMT faoliyatini taqiqladi
Tashkilot 2025 yildan Isroildagi faoliyatini to‘xtatishi kerak.

Isroil BMT agentligining o‘z nazorati ostidagi hududlardagi faoliyatini taqiqladi.
Mamlakat parlamenti tomonidan maʼqullangan qonun loyihasiga ko‘ra, BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam agentligi (UNRWA) 2025 yildan Isroildagi faoliyatini to‘xtatishi kerak.
Bunday taqiq amalda UNRWA‘ning Falastin hududlarida (G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda) ishlashini imkonsiz qiladi. Chunki Isroil ushbu hududlardagi chegara o‘tish joylarini nazorat qiladi.
Isroil hukumati UNRWA‘ning kamida 19 nafar xodimini 2023 yil 7oktyabr kuni HAMASning Isroilga qilgan qilgan hujumiga aloqadorlikda ayblagan. Avgust oyida BMT agentlikning 9 nafar xodimiga qo‘yilgan bu ayblovlarni tan olib, ularning ishdan bo‘shatilganini eʼlon qilgan edi.







