Kanada Gruziya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqmoqchi
Bunga mamlakatda o‘tkazilgan saylovlar sabab bo‘lgan.

“Yettilik guruhi (G7) va Yevropadagi hamkorlarimiz bilan kelishilgan holda, shuningdek, ushbu parlament saylovlarining o‘tkazilishi va uning natijalari nuqtai nazaridan kelib chiqib, Kanada Gruziya rahbariyati bilan o‘zaro munosabatlari qayta ko‘rib chiqilishini maʼlum qiladi”, — deyiladi mamlakat TIV bayonotida.
Shuningdek, Kanada Tashqi ishlar vazirligi agar Gruziya hukumati demokratiya va inson huquqlarini hurmat qilsa, Ottava Tbilisi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.







