Gruziya prezidenti prokuraturaga chaqirildi
Zurabishvili esa bundan bosh tortgan.

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili so‘roq uchun prokuraturaga borishdan bosh tortdi.
“Men prokuraturaga o‘z vazifalari bilan shug‘ullanishni va prezident bilan siyosiy hisob-kitob qilishdan qochishni maslahat bergan bo‘lardim”, — deya munosabat bildirdi Zurabishvili.
Bugun ertalab Gruziya prokuraturasi Zurabishvilini 26 oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida soxtalashtirishlar haqidagi daʼvolari yuzasidan so‘roqqa chaqirganini maʼlum qilgan edi. Prokuratura Markaziy saylov komissiyasining so‘rovidan so‘ng tergov jarayonini boshladi.







