Jahon

Rossiyalik xakerlar josuslikda ayblanmoqda

Microsoft mutaxassislari xakerlik hujumini aniqladi.

Rossiyalik xakerlar josuslikda ayblanmoqda

22 oktyabrdan boshlab Microsoft mutaxassislari Midnight Blizzard xakerlik guruhi tomonidan hukumat va mudofaa tuzilmalari, shuningdek, ilmiy va nodavlat tashkilotlar vakillariga fishing elektron pochta xabarlarini tarqatish ko‘payganini qayd etdi. Ushbu guruh Rossiya bilan aloqadorligi taxmin qilinmoqda.

 

“Midnight Blizzard‘ning oldingi fishing kampaniyalari bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvimizga asoslanib, ehtimol ushbu operatsiya razvedka maʼlumotlarini yig‘ish uchun amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin deb baholaymiz”, — deydi Microsoft Threat Intelligence jamoasi blogida.

 

Mutaxassislarning fikricha, elektron xatlar 100 dan ortiq tashkilotdagi minglab shaxslarga yuborilgan. Ukraina hukumatining kiber favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash guruhi (CERT-UA) va Amazon ham xakerlik faoliyati haqida xabar bergan.

 

Microsoft taʼkidlaganidek, AQSH va Buyuk Britaniya rasmiylari Midnight Blizzard‘ni Rossiya razvedkasi bilan bog‘lagan.

 

“Xakerlar birinchi navbatda AQSH va Yevropadagi hukumat, diplomatik muassasalar, nodavlat tashkilotlar va IT-xizmat provayderlarini nishonga olishmoqda. Ularning maqsadi josuslik orqali razvedka maʼlumotlarini yig‘ishdir”, deb yozadi ekspertlar.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Rossiyalik xakerlar josuslikda ayblanmoqda | Zamon.uz