Rossiyaning 17 ta telekanali Google‘dan 2 million rubl talab qilmoqda
Jarima miqdori kundan-kunga oshib bormoqda.

28-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida sudya "juda ko‘p nollari bo‘lgan ishni" ko‘rib chiqayotganini maʼlum qilgan. Bu haqida “RBK” nashri huquqiy mojaroning borishidan xabardor manbaga tayanib xabar bermoqda.
Rossiya sudi Google kompaniyasi jarima to‘lashi to‘g‘risida qaror qilgan, chunki Amerika kompaniyasi sudning Rossiya ommaviy axborot vositalarining YouTube‘dagi akkauntlarini tiklash haqidagi talabini bajarmagan.
Google‘ga qarshi daʼvo, xususan, “Birinchi kanal”, “VGTRK xolding” kompaniyasi, “Pravoslav televideniye jamg‘armasi” va rossiyalik targ‘ibotchi Margarita Simonyanning YouTube kanali vakili va boshqalar tomonidan qo‘zg‘atilgan.
"Rossiya sudining qarorini bajarilmagan har bir kun uchun 100 ming rubl miqdorida jarima belgilanadi. Qaror amalga oshirilgunga qadar jarimaning umumiy miqdori cheklanmagan holda har hafta ikki baravar ko‘payadi", — deya qayd qayd etadi “RBK”.
Rossiya media kompaniyalari va Google o‘rtasidagi sud jarayonlari 2020 yilda YouTube Yevgeniy Prigojinga aloqador “Sargrad” telekanali va "Federal axborot agentligi” akkauntlarini bloklaganidan keyin boshlangan.







