TikTok egasi Xitoyning eng boy odamiga aylanadi
Uning daromadi salkam 50 mlrl dollar.

ByteDance asoschisi, 41 yoshli Chjan Yimingning boyligi 49,3 milliard dollarga baholanmoqda, deb yozadi Reuters Xitoyning eng badavlat kishilari yillik ro‘yxati – Hurun China Rich List‘ga tayanib.
ByteDance‘ning global daromadi o‘tgan yili 30 foizga o‘sib, 110 milliard dollarni tashkil etdi, deya taʼkidlaydi ro‘yxat mualliflari. Chjan Yiming 2021 yilda ByteDance bosh direktori lavozimini tark etgan bo‘lsa ham, kompaniya daromadining o‘sishi uning shaxsiy boyligi hajmiga taʼsir qildi.







