Ispaniyada toshqin qurbonlari 205 kishiga yetdi
Mamlakatda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar markazi xabariga ko‘ra, Valensiyada 202 kishi halok bo‘lgan. Kastiliya-Lamanch avtonom mintaqasi rahbariyati ikki qurbon haqida maʼlum qildi. Yana bir qurbon esa Andalusiya yuda qayd etilgan.
Hozirda favqulodda xizmatlar, armiya va ko‘ngillilar ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.







