AQSH Yaqin Sharqqa bombardimonchi samolyotlarini yubormoqda
Bunga Eron-Isroil munosabatlari sabab bo‘lgan.

AQSH Qurolli kuchlari Yaqin Sharqqa qo‘shimcha B-52 bombardimonchi samolyotlarini yubormoqda. Bu haqida Pentagon rahbari Lloyd Ostin maʼlum qildi.
Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlarining aviatashuvchisi, esmineslari, Stratotanker tankerlari mintaqaga jo‘nashga tayyorlanmoqda.
Bunday qarorga Tehron Isroilga qarshi javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlardan keyin kelindi.
Sky News Arabia‘ning qo‘shimcha qilishicha, Yaqin Sharqqa 12 ta B-52 strategik bombardimonchi yuboriladi.







