Polsha Ukrainaga kreditga qurol-yarog‘ sotmoqchi
Bu bo‘yicha tashqi ishlar vaziri taklif bilan chiqdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tusk hukumati Kiyevga harbiy kredit bo‘yicha taklif kiritgan.
"Mana, bemalol Polsha zavodlaridan kreditga qurol-yaroqlar sotib olishingiz mumkin, haqini esa o‘zingizni tiklab olganingizdan keyin to‘laysiz", – dedi Sikorskiy.







