Ispaniya qizil ogohlantirish eʼlon qilindi
Mamlakatda yana kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda.

Ispaniyaning AEMET meteorologiya xizmati mamlakatning janubi-sharqidagi Almeriya viloyati uchun eng yuqori darajadagi – qizil ogohlantirishni eʼlon qildi.
U yerda “favqulodda” xatar kutilmoqda. Ispaniyaning O‘rta yer dengizi sohilida “Sovuq tushish” deb nomlangan og‘ir ob-havo hodisasi davom etmoqda. Shu boisdan AEMET “kuchli yomg‘ir, yirik do‘l va juda kuchli shamol esishi” hususida ogohlantirmoqda. Xizmat xodimlari aholini uyda qolishga chaqirdi.
Almeriya yaqinda suv toshqinlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan Valensiyadan taxminan 400 kilometr janubda joylashgan.
AEMET xabar berishicha, ogohlantirishning ikkinchi eng yuqori darajasi – to‘q sariq rang Ispaniyaning O‘rta yer dengizi bilan chegaradosh boshqa ko‘plab hududlari, shu jumladan Valensiyaning ayrim qismlari uchun hamon dolzarb hisoblanadi.







