O'zbekiston

Qozog‘iston chegarasida o‘zbek haydovchisi pichoqlangani aytilmoqda

O‘zbekiston Transport vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Qozog‘iston chegarasida o‘zbek haydovchisi pichoqlangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston — Qozog‘iston chegarasidagi “Maysiy” postida o‘zbek haydovchisini qozoq yigitlar pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Maʼlum qilinishicha, chegaradagi “S.Najimov — Kazigurt” nazorat-o‘tkazish punktida sodir bo‘lgan hodisa, shuningdek, “Kurmangazi” chegara o‘tish punktida Astraxan shahri yo‘nalishida yuk avtotransport vositalarining to‘planib qolish holati yuzasidan Qozog‘iston Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borildi.

 

Muzokaralarda Qozog‘iston tomoni o‘zbek haydovchisiga jarohat yetkazish bilan bog‘liq hodisa tegishli organlar tomonidan nazoratga olinganini maʼlum qilgan. 

 

Hozirda Turkiston viloyati Sariyog‘och tuman politsiya bo‘limi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 293-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan, gumondor shaxs bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosi qidirilmoqda.

 

“Kurmangazi” chegara o‘tish punktida avtotransport vositalarining to‘planib qolishi holatini oldini olish bo‘yicha esa Qozog‘iston masʼullari barcha tegishli choralarni ko‘rmoqda.

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

Respondentlar haqidagi ma’lumotlar sir saqlanib, faqat statistik maqsadlarda ishlatiladi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aktyor Bilol Isxakov avvalroq Prezident va Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Inson taqdiri haqidagi hikoya xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Toshkentda 66-yo‘nalishdagi avtobusning sanitariya holati ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Bundan tashqari, ayrim logistika markazlari 2040-yilgacha yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinadi.