Tramp AQSH qarzlarini kriptovalyutada to‘lamoqchi
U kriptovalyutaning “buyuk kelajagi”ga ishonishini aytdi.

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod, Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp, agar oliy davlat lavozimiga saylansa, hazil tariqasida davlat qarzini bitkoinlar bilan to‘lashga buyruq berishi mumkinligini aytgan.
“Biz kriptovalyutada 35 trillion dollar to‘lashimiz mumkin. Men 35 trillion kriptovalyuta ajratish haqida yozaman, tamom – bizda qarz yo‘q”, dedi Tramp mablag‘ yig‘ish tadbirlaridan birida.
Respublikachi kriptovalyutaning “buyuk kelajagi”ga ishonishini qo‘shimcha qilgan.
Maʼlumot uchun, joriy yil iyul oyi oxirida AQSH davlat qarzi birinchi marta 35 trillion dollardan oshdi.







