Bitkoin kursi rekord darajada ko‘tarildi
Bunga Amerikadagi saylovlar taʼsir qilgan.

Donald Trampning g‘alabasini kutayotgan investorlarning kayfiyati tufayli Bitkoin Osiyodagi savdolarda rekord darajaga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi. Kriptovalyuta kursi 7 foizga ko‘tarilib, 75 060 dollarga yetdi.
Reuters agentligining aniqlashtirishi bo‘yicha, Trampning saylovdagi g‘alabasi kriptovalyutalarni tartibga solish masalasida yumshoqroq siyosatga olib kelishi mumkin.







