Kamala Harris saylovdagi mag‘lubiyatini tan oldi
Harrisning qo‘shimcha qilishicha, saylov natijalari uning kutganlarini oqlamagan.

Harris amaldagi prezident Jo Bayden, saylovoldi guruhi va unga ovoz berganlarga minnatdorchilik bildirdi.
"Biz bu saylov natijalarini qabul qilishimiz kerak. Bugun ertalab men Tramp bilan gaplashdim va uni g‘alabasi bilan tabrikladim. Men Tramp va uning jamoasiga hokimiyatni o‘tkazishda yordam berishimizni va bu o‘tishni tinch yo‘l bilan amalga oshirishimizni aytdim", — deya taʼkidladi Harris.
"Men saylovdagi mag‘lubiyatni qabul qilaman, ammo bu kampaniyaga turtki bo‘lgan kurashdagi mag‘lubiyatni qabul qilmayman", — deya qo‘shimcha qildi AQSHning amaldagi vitse-prezidenti.







