“Tramp jasur odam”
Putin Trapning g‘alabasiga munosabat bildirdi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Donald Trampning saylovdagi g‘alabasiga ilk marta munosabat bildirdi.
“Hamma avvaliga u tadbirkor ekanligini va siyosatni kam tushunishini aytdi. Avvalambor, uning suiqasd paytidagi xatti-harakati menda katta taassurot qoldirdi, u jasur odam. Siyosatga kelsak, dastlabki paytlardanoq menda uni har tomondan taʼqib qilishgandek, harakat qilishiga ruxsat berilmagandek taassurot qolgan”, — dedi Putin “Valday” klubi yig‘ilishida.
Shundan so‘ng Rossiya prezidenti Trampni g‘alabasi bilan tabrikladi, shuningdek, AQSH bilan aloqalarni qayta tiklashga “hech qanday qarshilik yo‘qligini” va agar Tramp tashabbus bildirsa, “muloqot olib borishini” maʼlum qildi.







