Tramp Falastin rahbari bilan telefonlashdi
Siyosatchilar o‘rtasidagi muloqot ijobiy bo‘lgan.

Donald Tramp 2017-yildan beri ilk bor Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqida Axios nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, siyosatchilar o‘rtasidagi muloqot ijobiy bo‘lgan: Abbos Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi, AQSHning yangi rahbari sifatida G‘azodagi urushni tugatish uchun harakat qilishi kerakligini aytgan.
Maʼlumot uchun, 2017 yilning dekabrida Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgan va AQSH elchixonasini u yerga ko‘chirgan edi. Shundan so‘ng Tramp va Abbos o‘rtasidagi aloqalar to‘xtatilgan edi.







