Rossiya Ukrainadagi urushga Afrikadan odam yollashni kuchaytirdi
Avvalroq KXDR askarlari Kursk viloyatiga kelgani xabar qilingandi.

"Kreml Rossiya aholisini urushga safarbar qilishdan qochish uchun afrikalik askarlarni jalb qilmoqda", deyiladi Britaniya Mudofaa vazirligining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq Ukraina razvedkasi Rossiya Federatsiyasi KXDR askarlaridan foydalanayotgani haqida bir necha bor xabar bergan edi. Prezident Vladimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatida joylashgan shimoliy koreyalik askarlarning bir qismi allaqachon Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi janglarda qatnashayotganini va yo‘qotishlarga uchraganini maʼlum qilgan edi.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyatida 11 ming nafar Shimoliy Koreyalik askar bor. Janubiy Koreya rahbariyati ham bu maʼlumotlarni tasdiqlagan.







