Jahon

Filippinga “Toraji” to‘foni yopirildi

Bu mamlakatda bir oy ichida kuzatilgan to‘rtinchi to‘fon.

Filippinga “Toraji” to‘foni yopirildi

Filippinga “Toraji” to‘foni yopirilishi oqibatida 2,5 ming kishi evakuatsiya qilindi, portlar yopildi. Bu mamlakatda bir oy ichida kuzatilgan to‘rtinchi to‘fon hisoblanadi. Bundan oldingi tabiiy ofatlar oqibatida 159 kishi halok bo‘lgandi. 

 

Qayd etilishicha, to‘fon Filippin poytaxti Maniladan 220 kilometr janubi-sharqdagi Dilasag shahri yaqiniga yopirilgan. Milliy meteorologiya agentligi hozircha qurbonlar yoki jarohat olganlar haqida xabar bergani yo‘q.

 

Dinalungan shahri fuqarolik mudofaasi boshlig‘i Mervini Pableoning so‘zlariga ko‘ra, sohilda kuchli shamol va suv toshqinlari boshlangan. Daraxtlar qulashi oqibatida kechadan beri elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, shamolning maksimal tezligi soatiga 130 kilometrga yetmoqda. Tabiiy ofat shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanib, Janubiy Xitoy dengizi hududiga kirishi prognoz qilingan. To‘fon oqibatida ayrim hududlarda maktablar va hukumat muassasalari yopilgan.

 

Oktyabr oxirlarida Filippinga yopirilgan “Trami” tropik to‘foni natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 110 kishiga yetgandi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Filippinda 7 mingga yaqin orollar mavjud bo‘lib, u yerga har yili 20 ga yaqin to‘fon yopiriladi. “Trampi” 2024 yil boshidan beri kuzatilgan 11-to‘fon hisoblanadi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Filippinga “Toraji” to‘foni yopirildi | Zamon.uz