O'zbekiston

Ziroat Mirziyoyeva COP29‘da O‘zbekiston milliy pavilioni bilan tanishdi

Pavilion mamlakat iqlimiga mos, vaqt sinovidan o‘tgan barqaror, anʼanaviy materiallar va qadimiy usullardan foydalanilgan holda bunyod etilgan.

Ziroat Mirziyoyeva COP29‘da O‘zbekiston milliy pavilioni bilan tanishdi

Mamlakat pavilionining "Ichki barqarorlik" mavzusidagi konsepsiyasi o‘zbek xonadonining qalbi va oilaviy uyg‘unlik ramzi bo‘lgan anʼanaviy hovliga asoslangan. Sammit kunlarida bu yerda yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llanishi, bioxilmaxillik, shaharlarning iqlimga chidamliligi, Orolbo‘yi mintaqasini tiklash kabi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasining asosiy iqlim muammolarini qamrab olgan 30 dan ortiq tadbir o‘tkaziladi.

 

 

O‘zbekiston birinchi xonimi Ozarboyjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Turkiya birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an va Qirg‘iziston birinchi xonimi Oygul Japarova bilan birgalikda “Birdamlik markazi” pavilioniga tashrif buyurdi. U Turkiya prezidenti rafiqasining "Nol chiqindi" tashabbusi doirasida va Ozarboyjon prezidenti rafiqasi boshchiligidagi Haydar Aliyev jamg‘armasi ko‘magida ochilgan.

 

 

Mehmonlarga mazkur tashkilotlarning chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash, ekologik dasturlar va innovatsion yechimlar, shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi loyihalari haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.

 

 

Shu yerda Ozarboyjonning Shamaxi shahrida daraxt ekish kampaniyasini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi. To‘rt mamlakatning birinchi xonimlari masofadan turib ko‘kalamzorlashtirish tadbirlariga start berdi.

 

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.