Iqtisodiyot

Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda?

Oktyabrda O‘zbekiston uy-joy bozori savdolarida biroz o‘sish kuzatilib, so‘nggi ikki oydagi pasayish to‘xtadi.

Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhiga ko‘ra, oy davomida ikkilamchi bozorda narxlar deyarli o‘zgarmadi, uy-joy ijara bozoridagi vaziyat ham barqarorlashdi. Ko‘chmas mulk bozori ijobiy dinamikani ko‘rsatib, ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni sentyabr oyiga nisbatan 0,6 foizga oshdi va 21,4 mingtani tashkil etdi.

 

Oktyabrda respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy bozori narxlari deyarli o‘zgarmadi (0,1 foizlik o‘sish). Oy davomida eng katta o‘sish Andijon (5,1 foiz) va Sirdaryo (3,3 foiz) viloyatlarida qayd etildi. Yettita hududda ikkilamchi uy-joy narxining pasayishi kuzatilgan bo‘lsa, eng katta pasayish Namangan (3,4 foiz), Xorazm (3,2 foiz) va Samarqand (2,5 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

 

Ikkilamchi uy-joylarning eng arzon narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi, bu yerda kvadrat metr uchun o‘rtacha narx 328 dollarni tashkil etadi. Ikkilamchi uy-joylarning eng yuqori narxi Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, kvadrat metr uchun o‘rtacha 1100 dollarga to‘g‘ri keladi. Poytaxtning Bektemir (3,9 foiz) va Yashnobod (3,1 foiz) tumanlarida sezilarli pasayish qayd etildi.

 

Oy davomida Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari barqarorlashuvi davom etdi. O‘rtacha ijara narxi o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarmadi — 1 kv metr uchun 8,3 dollar.

 

Poytaxtning 14 ta markaziy tumanlaridan 5 tasida uy-joy ijarasi narxi pasaydi. Eng katta pasayish Sergeli va Uchtepa tumanlarida kuzatilib, bu tumanlarda ijara narxi o‘rtacha 4,5 foizga kamaydi. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha qolmoqda, bu tumanlarda narx bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10−11 dollarni tashkil etadi.

 

Shu bilan birga, eng arzon uy-joy ijarasi Bektemir va Sergeli tumanlarida kuzatilmoqda, bu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 6 dollarni tashkil etadi. Umuman olganda, Toshkent shahrida yil davomida uy-joy ijarasi 12 foizdan ko‘proqqa kamaydi. Eng katta pasayish Yashnobod (18 foiz), Sergeli (17 foiz) va Mirzo-Ulug‘bek (15,2 foiz) tumanlarida qayd etildi.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda? | Zamon.uz