O'zbekiston

O‘zbekiston chorvachiligi ekologik texnologiyalar yordamida barqaror rivojlanmoqda

FTA loyihasi asosida suvni tejash, oziqa samaradorligini oshirish, chiqindilarni resursga aylantirish va yaylovlarni tiklash imkoniyatlari yaratiladi.

O‘zbekiston chorvachiligi ekologik texnologiyalar yordamida barqaror rivojlanmoqda

 

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan chorvachilik, barqaror va ekologik texnologiyalarni joriy etish orqali yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Chorvachilik mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi va millionlab aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

 

Hozirgi kunda soha suv resurslarining cheklanganligi, yerlarning degradatsiyasi, yem-xashak narxining oshishi va iqlim o‘zgarishi ta’sirida jiddiy transformatsiya jarayonidan o‘tmoqda. An’anaviy xo‘jalik yuritish modellari o‘z o‘rnini yanada texnologik va barqaror yechimlarga bo‘shatmoqda. Shu maqsadda Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) ko‘magida “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

Zamonaviy ekologik chorvachilik atrof-muhitga yukni kamaytirgan holda mahsuldorlikni oshirishga qaratilgan. Fermer kamroq suv, oziqa va energiya sarflab, ko‘proq mahsulot olish imkoniga ega bo‘ladi. Loyiha moliyaviy vositalar, texnologiyalar va amaliy yordamni birlashtirib, xo‘jaliklarni ushbu modelga o‘tkazishga yordam beradi.

 

O‘zbekiston suv tanqisligi yuqori bo‘lgan mamlakatlardan biri hisoblanadi, shuning uchun suvdan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Loyiha doirasida tomchilatib sug‘orish tizimlari, sarfni nazorat qiluvchi avtomatik sug‘orgichlar, suv to‘plash tizimlari, namlik sensorlari va sug‘orishni avtomatlashtirish kabi yechimlar joriy qilinadi.

 

Natijada xo‘jaliklar suv sarfini 40-60 foizga kamaytirishi va oziqa ekinlari hosildorligini 20-30 foizga oshirishi kutilmoqda. Shu bilan birga, tuproqning sho‘rlanish darajasi pasayadi va uzoq muddatli mahsuldorlik saqlanadi.

 

Chorvachilikda mahsulot tannarxining 70 foizgacha qismi yem-xashakka to‘g‘ri keladi. Loyiha quyidagilarni qo‘llab-quvvatlaydi:

  • Qurqoqchilikka chidamli ekinlar (beda, jo‘xori)
  • Siloslash va senajlash texnologiyalari
  • Yashil oziqa ishlab chiqarish uchun gidroponik tizimlar
  • Ratsionlarni optimallashtirish

 

Bu chorvachilik xarajatlarini 20-30 foizga kamaytiradi, hayvonlarning mahsuldorligi oshadi va mavsumiy o‘zgarishlarga bog‘liqlik kamayadi. Natijada sut va go‘sht sifati ham yaxshilanadi.

 

Chorvachilik chiqindilari ekologik muammo sifatida ko‘riladi, ammo zamonaviy texnologiyalar ularni energiya va o‘g‘it manbaiga aylantiradi. Biogaz qurilmalari, biogumus ishlab chiqarish, komposterlash kabi yechimlar qo'llaniladi.

 

Bu chiqindilarni kamaytiradi, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi, o‘g‘it va energiya xarajatlarini qisqartiradi. Masalan, biogaz qurilmalari 3-5 yil ichida o‘zini qoplaydi va energiya xarajatlarini 30 foizgacha kamaytiradi.

 

Mamlakat yaylovlarining 30-40 foizi degradatsiyaga uchragan va loyiha rotatsion yaylovlar, o‘simlik qoplamini tiklash, yaylov yuklamasini nazorat qilishni joriy etadi. Natijada yer mahsuldorligi oshadi, eroziya kamayadi va ekotizim asta-sekin tiklanadi.

Texnologiyalar hayvonlar salomatligi va mahsuldorligini kuzatish, xarajatlarni boshqarish va ishlab chiqarishni samarali qilish imkonini beradi.

 

Zamonaviy fermalarda hayvonlarni saqlash sharoiti (ventilyatsiya va mikroiqlim tizimlari, quvayli xonalar, avtomatik oziqlantirish) ham yaxshilanadi. Natijada hayvon mahsuldorligi 20-25 foizga oshadi va kasallik darajasi pasayadi.

 

FTA loyihasi fermerlarga kredit dasturlari, texnologiyalarni joriy etishni moliyalashtirish, xo‘jaliklarni modernizatsiya qilish, kompleks natijalar orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash beradi.

 

Loyiha doirasida suyuq resurslar va chiqindilarni tejash, yer va yaylovlarni tiklash, fermer daromadining oshishi, xarajatlarning kamayishi, yangi ish o‘rinlari va qishloq joylarda hayot sifatining yaxshilanishi kabi ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan sezilarli natijalar kutilmoqda.

 

Kelajakda “aqlli fermalar” sonining ko‘payishi, suvni tejaydigan texnologiyalar va biogaz yechimlarining rivojlanishi kutilmoqda. FTA loyihasi barqaror chorvachilik modelini amalda namoyish etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston chorvachiligi ekologik texnologiyalar yordamida barqaror rivojlanmoqda | Zamon.uz