Jahon

Yaqin Sharqda global urush xavfi oshmoqda — BMT bosh kotibi

Antonio Guterrish barcha tomonlarni urushga chek qo‘yishga va muloqotni tanlashga chaqirdi.

Yaqin Sharqda global urush xavfi oshmoqda — BMT bosh kotibi

 

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish Yaqin Sharqda mojarolar ikkinchi oyga kirgani sababli vayronagarchilik kuchayib borayotganini ogohlantirdi. U dunyo butun mintaqani qamrab olishi va global miqyosda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan yirik urush yoqasida turganini aytdi.

 

Guterrishning ta’kidlashicha, nizolar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lmaydi va ular faqat rahbarlar vayronagarchilik o‘rniga muloqotni tanlagan taqdirda hal etilishi mumkin. Shu maqsadda shaxsiy elchi Jan Arnoni mintaqaga yuborilmoqda.

 

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) Hormuz bo‘g‘ozi orqali yetkazib berishdagi uzilishlar butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat narxlarining keskin oshishiga olib kelganini ogohlantirdi. Mutaxassislar fikricha, inqiroz davom etsa, oziq-ovqat xavfsizligining tanqisligi 45 millionga ko‘payib, 363 million odamga yetishi mumkin.

 

Shuningdek, Jahon savdo tashkiloti (JST) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) urushning mintaqadagi savdo, oziq-ovqat yetkazib berish va sog‘liqni saqlash tizimlariga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Yuqumli kasalliklar soni ortib, epidemiyalarga qarshi kurash imkoniyatlari cheklangan.

 

BMT bosh kotibi barcha tomonlarni urushga chek qo‘yishga chaqirdi va inqirozga tinch yo‘l bilan yechim topishning zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Yaqin Sharqda global urush xavfi oshmoqda — BMT bosh kotibi | Zamon.uz