Jahon

Putin va Erdog'an Fors ko‘rfazi va Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

Rahbarlar mintaqadagi harbiy va siyosiy qarama-qarshilik, Qora dengiz xavfsizligi va gaz transporti infratuzilmasini muvofiqlashtirish zaruratini ta’kidladi.

Putin va Erdog'an Fors ko‘rfazi va Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog'an telefon orqali suhbatlashib, Yaqin Sharqdagi, xususan Fors ko‘rfazi mintaqasidagi va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishdi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

 

Bayonotga ko‘ra, suhbat chog‘ida Fors ko‘rfazi hududida harbiy va siyosiy qarama-qarshilikning kuchayishi, kuchli harbiy harakatlar esa nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda, jumladan energetika, savdo va logistika sohalarida salbiy oqibatlarga olib kelayotgani ta’kidlangan. Rahbarlar mintaqadagi barcha davlatlarning qonuniy manfaatlarini hisobga olgan holda zudlik bilan sulh va murosaga keluvchi tinchlik kelishuvlarini ishlab chiqish zaruratini e’tirof etdilar.

 

Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilishda Putin Erdog‘anga tegishli muzokaralar jarayonini o‘tkazishga doimiy tayyorligi uchun minnatdorchilik bildirib, Qora dengizdagi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarning ahamiyati ta’kidlangan. Shuningdek, Kiyev rejimining Rossiya va Turkiyani bog‘lovchi gaz transporti infratuzilmasi va Qora dengizdagi savdo kemalariga hujum qilishga urinishlari hisobga olingan.

 

Matbuot xizmati xabar berishicha, telefon orqali suhbat Turkiya tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, Rossiya va Turkiya rahbarlari siyosiy, savdo va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, xususan energetika sohasidagi qo‘shma strategik loyihalarni amalga oshirish istiqbollari bo‘yicha ham fikr almashgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Putin va Erdog'an Fors ko‘rfazi va Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi | Zamon.uz