Indoneziyada Levotobi Laki-Laki vulqoni yana uyg‘ondi
Ushbu vulqon yil boshidan beri 872 marta harakatga kelgan.

Levotobi Laki-Laki vulqoni Indoneziyadagi 120 ta faol vulqondan biri.
"Bundan oldingi yirik otilish 6 noyabr kuni qayd etilgan. O‘shanda to‘qqiz kishi halok bo‘lgan va o‘n minglab odamlar uylarini tashlab ketishgan", — deb yozadi Associated Press.
Ommaviy axborot vositalari maʼlumotlariga ko‘ra, Flores orolida joylashgan Levotobi Laki-Laki vulqonidan chiqayotgan kul tez orada Bali oroliga yetib boradi. Vulqon otilishi sababli aviakompaniyalar Indoneziyaga va Indoneziyadan xalqaro reyslarni ommaviy ravishda bekor qilmoqdalar. Bekor qilingan reyslar soni allaqachon 80 dan oshdi.







