Ukrainadagi janglar 2025-yilda tugashi mumkin
AQSHda Ukrainaga yordam berish uchun pul va qurol-yarog‘ tugab bormoqda.

The Economist gazetasining yozishicha, ikkala tomon ham holdan toygan va ularning tarafdorlari mojaroning barham topishini afzal ko‘rishadi. AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati uchun bu ustuvor vazifa bo‘ladi.
Qo‘shma Shtatlarda Ukrainaga yordam berish uchun pul va qurol-yarog‘ tugab bormoqda, shu bilan birga, Vashington hamon Isroil va Tayvanga ham yordam berishi kerak. Yevropa bundan ham kamroq resurslarga ega va Ukrainaning yolg‘iz o‘zi Rossiyaga uzoq qarshilik qila olmaydi. Shu bois, tinchlik bitimini tuzish uchun Kiyevga bosim ehtimoli ortib bormoqda.
Nashrning yozishicha, Ukraina hududining bir qismini yo‘qotish evaziga Rossiya bilan sulhga erishishi mumkin va NATO‘ga aʼzo bo‘lishi dargumon, biroq Kiyev xavfsizlik kafolatlarini olishi mumkin.
“Har qanday holatda ham, hech bo‘lmaganda, tinchlik bo‘yicha muzokaralar 2025 yilda boshlanishi ehtimoli yuqori ko‘rinadi. Bu sodir bo‘lganda, ziddiyat darajasi keskin pasayishi, hatto o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilishi mumkin”, deya xulosa qiladi The Economist.







