O'zbekiston

22-noyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

22-noyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

22-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 11-16 daraja iliq, cho‘l hududlarida 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

custom img

BRB-TECH sifat va axborot xavfsizligi standartlariga muvofiqligini tasdiqladi: ISO 9001 va ISO 27001 sertifikatlari olindi

Ikkita sertifikatning olinishi BRB-TECH butun jamoasining loyihalarni boshqarish, ishlab chiqish va axborot xavfsizligi bo'yicha yetuk jarayonlarni yo'lga qo'yish borasidagi tizimli ishi natijasidir.

custom img

Toshkentdagi 9 qavatli uy yonidagi kotlovan o‘pirilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

custom img

O‘zbekiston maktab va OTMlarida xavfsizlikning yangi tartibi joriy etiladi

Ta’lim muassasalari hududiga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishi taqiqlanadi, tashrif buyuruvchilar esa maxsus tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda yana bir yo‘nalishda “Yashil to‘lqin” svetofor tizimi ishga tushirildi

Kichik halqa avtomobil yo‘lining 1,7 kilometrlik qismida beshta svetofor sinxronlashtirilib, harakatlanish vaqti 45 foizga qisqardi.

custom img

Andijonda ommaviy mushtlashuv qilgan 7 nafar ayol 5 sutkaga qamaldi

Mojaro Instagram ijtimoiy tarmog‘ida boshlangan o‘zaro haqoratlar oqibatida yuzaga kelgan.

custom img

AQSHdagi o‘rmon yong‘inlaridan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

Yong‘inlar fonida Bosh konsulxona vatandoshlarga murojaat qildi.

custom img

AQSHdan 18 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

O‘zbekiston fuqarolari maxsus charter reysi orqali Toshkentga olib kelindi.

custom img

“Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor” — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga jazo kuchaytirilganini eslatib o'tdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"