Tramp Bosh prokuror lavozimiga yangi nomzodni tanladi
U uzoq vaqtdan beri Trampning tarafdori sifatida tanilgan.

AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp AQSH Adliya vaziri va Bosh prokurori lavozimiga Pem Bondini taklif qildi. Tramp uni uzoq yillardan beri bilishini va prokuror sifatida "jinoyatchilarga nisbatan qattiqqo‘l" ekanini aytdi.
Bondi uzoq vaqtdan beri Trampning tarafdori sifatida tanilgan. U 2019 yilda "hokimiyatni suiisteʼmol qilish" ayblovlari bo‘yicha Trampga qarshi birinchi impichment paytida uning advokatlaridan biri bo‘lgan. Bindi, shuningdek, 2011 yildan 2019 yilgacha Florida shtatining Bosh prokurori lavozimida ishlagan.







