Jahon

Fransiyadagi muzeydan 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi

O‘g‘irlik sodir etilgan vaqtda muzeyda 20 nafar tashrif buyurchi va muassasa xodimlari bo‘lgan.

Fransiyadagi muzeydan 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi

Qurollangan bosqinchilar Fransiyaning Paray-le-Monia komunnasidagi muzeydan milliy boylik sifatida tan olingan qariyb 7 million yevrolik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketdi.

 

Komunna meri Jan-Mark Nesmening so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan buyumlar parijlik zargar Jozef Shome tomonidan 1904 yilda yaratilgan Via Vitae («Hayot tarzi») eksponatining bir qismi hisoblanadi. Kompozitsiya brilliantlar va boshqa qimmatbaho toshlar, marmar, oltin va fil suyagi bilan bezatilgan 138 ta bo‘lakdan iborat. Sanʼat namunasida Iso Masihning hayot bosqichlari tasvirlangan.

 

Qayd etilishicha, o‘g‘irlik 21 noyabr kuni kunduzi sodir bo‘lgan. Bosqinda to‘rt kishi ishtirok etgan: uch nafari muzeyga kirgan, bir nafari tashqarida turgan. Avvaliga jinoyatchilar havoga o‘q uzgan, keyin esa eksponat saqlangan himoya oynasida teshik hosil qilgan. Shundan so‘ng ular teshik orqali tilla buyumlar va fil suyaklari, shuningdek, zumrad bilan bezatilgan taqinchoqlarni chiqarib olgan.

 

Zargarlik buyumlarini qo‘lga kiritgan o‘g‘rilar mototsikllarga o‘tirib, jandarmlardan berkingan.

 

"Bu Paray-le-Monia va mamlakat merosi uchun ulkan yo‘qotish", — deydi mer.

 

O‘g‘irlik sodir etilgan vaqtda muzeyda 20 nafar tashrif buyurchi va muassasa xodimlari bo‘lgan, ularning hech biriga shikast yetmagan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Fransiyadagi ushbu muzeydan 2017 yilda oltindan yasalgan ikkita toj ham o‘g‘irlab ketilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Fransiyadagi muzeydan 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi | Zamon.uz