Rossiya-Ukraina urushida qancha askar halok bo‘ldi?
Bu bo‘yicha raqamlar ochiqlandi.

Rossiya bilan urushda kamida 60-100 ming ukrainalik askar halok bo‘lgan, yana 400 ming nafari yaralangan. Bu haqida The Economist nashri maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlarini aniqlash maqsadida turli manbalar o‘rganilgan. Bunda tinch aholi orasidagi qurbonlar soni hisobga olinmagan.
G‘arb razvedkasi maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina bilan urushda Rossiyaning qariyb 200 ming askari halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fevral oyida Rossiya bilan urushda 30 ming ukrainalik askar halok bo‘lganini aytgan edi.







