Jahon

Kipr hukumati 77 nafar xorijlikning “oltin pasporti”ni bekor qildi

Ular orasida Forbes milliarderlar reytingiga kiritilgan 7 nafar rossiyalik biznesmen ham bor.

Kipr hukumati 77 nafar xorijlikning “oltin pasporti”ni bekor qildi

"Rossiyalik milliarderlar Oleg Deripaska, Aleksey Kuzmichev, Mixail Gutseriyev va Vadim Moshkovich, Probusinessbank bankining sobiq egasi Aleksandr Jeleznyak Kipr fuqaroligidan mahrum qilindi", — deya xabar berdi “Agentstvo”.

 

Ro‘yxatga, shuningdek, bir nechta ukrainaliklar ham kiritilgan. Masalan, firibgarlik va pul yuvishda ayblanib, Kiyevdagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan milliarder Igor Kolomoyskiy, shuningdek, UkrLandFarming kompaniyasi egasi Oleg Baxmatyuk shular jumlasidandir.

 

Kiprning Politis nashriga ko‘ra, xorijliklar ro‘yxati taxminan bir oy avval tayyorlangan. Nafaqat investorlarning o‘zlari, balki ularni oila aʼzolarining ham pasportlari bekor qilinadi.

 

Kipr rasmiylari bu harakatni uchta sababga ko‘ra amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Fuqarolik uchun ariza berishda noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi maʼlumotlar berish, ariza beruvchining jinoiy tarixi va fuqarolikka qabul qilish shartlariga rioya qilmaslik kabilar shular jumlasidandir.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"